So‘nggi o‘n yilda qurilish materiallari tarmog‘i korxonalari foydalanadigan shartli yoqilg‘i hajmi ikki karra kamaydi
Sohadagi elektr iste’molining 65 foizi to‘g‘ri keladigan 34 ta yirik korxonada energiya auditi o‘tkazilgani hisobiga o‘tgan yilning o‘zida 240 million kilovatt-soat elektr tejaldi.
Lekin bu hali kam ekani qayd etildi. Viloyat hokimlariga qurilish materiallari korxonalarini texnologik modernizatsiya qilish orqali energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha katta dasturni boshlash topshirildi.
Bunda isitish va quritish pechi, tegirmon va energiya sarfi yuqori boshqa uskunalarni energiya tejamkoriga almashtirgan korxonalarga so‘mdagi kreditining 7 foizi, xorijiy valyutada bo‘lsa, 4 foizi kompensatsiya qilib beriladi.
Bu yil yana 38 ta yirik korxonada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilib, 400 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qilish zarurligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA