Obod mahalla sari dadil qadamlar
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanining olis hududlaridan biri — Qo‘g‘ay o‘lmas mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla» dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlandi.
Ayni paytda mahallada piyodalar va sog‘lomlashtirish yo‘laklari barpo etilmoqda. Ichimlik suvi va elektr tarmoqlari yangilanib, ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
[gallery-30817]
Loyiha doirasida mahallada aholi uchun qulay muhit yaratish bilan bir qatorda, yangi daromad manbalarini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari, savdo hamda tadbirkorlik ob’ektlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Buning natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, mahalla aholisining bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Qo‘g‘ay o‘lmasda bugun boshlangan bunyodkorlik ishlari mahallaning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholi uchun yanada munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA