Shimoliy aylanma yo‘lida ta’mirlash ishlari faol davom etmoqda (+video)
Namangan viloyatida aholi va haydovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Shimoliy aylanma yo‘lida ta’mirlash ishlari faol davom etmoqda. Yangi Namangan tuman hududidan o‘tuvchi 4R-117 avtomobil yo‘lining 22–29 km qismida zamonaviy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi paytda 22–25 km oralig‘idagi 3 km yo‘l asfalt bilan qoplanmoqda. Yo‘llarning teksligi va uzoq muddatli xizmatini ta’minlash maqsadida yo‘llarni to‘liq asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga hududdagi irrigatsiya tarmoqlari ham to‘liq tekshirilayotgan va zarur holatga keltirilmoqda.
Loyiha doirasida «Best stroy-2020» MCHJ pudratchiligida 7 km uzunlikdagi yo‘lga quyidagi zamonaviy infratuzilmalar barpo etiladi:
Metall to‘siqlar (zamonaviy xavfsizlik choralari)
Yoritish chiroqlari
Piyodalar uchun yo‘laklar
Velosiped yo‘lakchasi
Bu ishlar natijasida Shimoliy aylanma yo‘li nafaqat yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz bo‘ladi, balki mintaqadagi transport harakatini ham sezilarli ravishda yengillashtiradi.
Aholi va haydovchilardan ayrim uchastkalardagi harakatning vaqtincha cheklanishiga sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lish so‘ralmoqda. Yo‘l ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng esa hududdagi transport infratuzilmasi zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/6o5ANOtjYqg?si=7v2Ck4InzU6WI5JJ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir Tursunov, O‘zA