SHHT - ayollar nigohida
Xitoyning Shanxay shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilganining 25 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Armaniston va Qozog‘istonning siyosatchi, tarixchi, huquqshunos, faylasuf olimalari ishtirokida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga ayollar nigohi: Global boshqaruvni hamkorlikda shakllantirish — o‘zgarib borayotgan dunyodagi bunyodkor kuch” ellararo ilmiy amaliy yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Yig‘inda Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Dilnoza Jamolova “O‘zbekistonda ayollar masalasi va SHHT doirasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashdi.
Ma’ruza davomida qadimdan Turonda ayollarga ko‘rsatilgan ehtirom, ularning iqtisodiy ta’minoti, ijtimoiy mavqei, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rni, Rossiya imperiyasi mustamlakasi davrida Turkiston ayollarining ahvoli, 1991 – 2016-yillarda O‘zbekistonda ayollar masalasi: ta’lim, tibbiy xizmatdagi muammolar, majburiy mehnat tartiblarining saqlanib qolishi va bu jarayonga xotin-qizlarning jalb qilinishi, 2017 – 2026-yillarda Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar muammosining hal qilinishi, yaratilgan sharoitlar, qizlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar, ayollarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Yig‘in so‘ngida SHHTga a’zo davlatlar olimalari birgalikda yo‘nalishlar kesimida ilmiy loyihalarni amalga oshirish, asarlar yaratishni muhokama qildi.
N.Usmonova,
O‘zA