Oliy va kasbiy ta’lim uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni qariyb 100 mingga yetdi
O‘zbekistonda davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari davom etmoqda. Joriy yil 11-iyun holatiga ko‘ra, qabul uchun jami 99 ming 800 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, abituriyentlar hujjatlarini elektron tarzda topshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda my.uzbmb.uz platformasidan foydalanmoqda.
Qabulning birinchi bosqichi 25-iyun kuniga qadar davom etadi. Ushbu muddat ichida abituriyentlar shaxsiy ma’lumotlarini kiritish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini yakunlashi mumkin.
Mutaxassislar abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishni so‘nggi kunlarga qoldirmaslikni, ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishga alohida e’tibor berishni tavsiya etmoqda.
Qabul jarayoniga oid yangilanib boruvchi statistik ma’lumotlar mas’ul idoralar tomonidan e’lon qilib borilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA