Sherzod polvon Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Vetnamning Da Nang shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in pallaga kirdi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan, musobaqaning ilk kungi bellashuvlarida -97 kg. vazn toifasida Sherzod Poyonov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqani kumush medal bilan yakunlagan bo‘lsa, -70 kg. vazndagi povlonimiz Shahzodbek Yarashev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bugun, 26-may kuni erkin kurash bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi a’zolari bellashadi:
Erkin kurash:
—61 kg. — Nodirbek Jumanazarov;
—65 kg. — Sanjarbek Rustambekov;
—74 kg. — Fazliddin Nasritdinov;
—79 kg. — Jorulloh Abdufattohov;
—86 kg. — Bobur Ro‘ziboyev;
—92 kg. — Sadriddin Daminjonov;
—125 kg. — Otabek Nazirboyev.
Eslatib o‘tamiz, chempionatning ayollar kurashi bahslarida terma jamoamiz a’zolari 1 tadan oltin va kumush hamda 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rustam Assakalov boshchiligidagi terma jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan 189 ochko jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA