Shaxmat: Tohir Vohidov faxriylar o‘rtasida Osiyo chempioni
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida shaxmat bo‘yicha faxriylar o‘rtasida klassik, rapid, blits yo‘nalishlarida o‘tgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Mukofot jamg‘armasi 4 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan chempionatda bir qator davlatlarning faxriy shaxmatchilari qatorida o‘zbekistonlik “aql gimnastikachilar ham bir qator yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.
Chempionatning S50+ yosh toifasining rapid yo‘nalishidagi shiddatli bahslarda o‘z salohiyatini namoyish etgan hamyurtimiz Toir Vohidov barcha raqiblaridan ustun ekanligini namoyish etdi.
Samarqand shaxmat maktabining amaldagi ustozlaridan biri Tohir Vohidov 7 ta turda 6 ochko jamg‘arib, ushbu yosh toifasida rapid yo‘nalishi bo‘yicha qit’a chempioni, degan sharafli nomga ega chiqdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA