Polina Kudermetova chorak final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
Xitoyda ayollar o‘rtasida o‘tayotgan tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million 206 ming 446 AQSH dollarini tashkil etuvchi "Ningbo Open" xalqaro turnirida hamyurtimiz Polina Kudermetova asosiy to‘rning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Polina Kudermetova yakkalik bellashuvlarining ilk davrasida ispaniyalik Kristina Bushchaga qarshi kortga chiqdi. Makzkur bahsning ilk setini tay-brekda o‘z fodasiga hal etgan Polina ikkinchi setda 6:2 hisobida g‘alaba qozoni va nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Shu tariqa, WTA 500 toifasiga kiruvchi «BNB Ningbo Open» xalqaro turnirining chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan navbatdagi uchrashuvda mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi bo‘lgan P.Kudermetovaning qozog‘istonlik Yelena Ribakina bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA