Sharifa Davronova ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz 6 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza jami 26 medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Gap shundaki, XX yozgi Osiyo o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha uch hatlab sakrash dasturida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sharifa Davronova 14,35 metr natija qayd etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shu tariqa, Sharifa Davronova o‘z faoliyatida ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi Aniqrog‘i, atletimiz 2023-yilda Xanchjouda o‘tkazilgan XIX Osiyo o‘yinlarida ham uch hatlab sakrashda oltin medalga sazovor bo‘lgandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA