O‘tkirbek Jo‘rayev — Osiyo o‘yinlari g‘olibi!
Yaponiya mezbonlik qilayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 5 ta oltin, 12 ta kumush, 8 ta bronza jami 24 taga yetdi.
Delegatsiyamizga navbatdagi oltin medal Osiyo o‘yinlarining sport gimnastikasi bahslarida O‘tkirbek Jo‘rayev tomonidan taqdim etildi. Sportchimiz dastakli ot mashqida 14,733 ball jamg‘arib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturida Vladimir Svechnikov (O‘q otish), Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev (LM2x), Shohsanam Sherzodova (Kanoe) kabi sportchilarimiz delegatsiyamizga oltin medal keltirdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA