Sevara“Caspian Cup-2020” g‘olibi
2018 yil Toshkent shahrida, 2019 yil Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan respublika birinchiliklarida shogirdlari bilan ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sevara Baratova 8-9 fevral kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida mental arifmetika bo‘yicha o‘tkazilgan “Caspian Cup-2020” xalqaro musobaqasida ishtirok etib, instruktorlar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi. Mazkur xalqaro musobaqada Rossiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Ukraina, O‘zbekiston va Ozarbayjondan turli yosh toifalarida 300 nafardan ortiq mental arifmetikachi yoshlar ishtirok etdi.
Ta’kidlash lozimki, Sevara Baratova talaba bo‘lish bilan bir qatorda, Qarshi shahridagi “Global Education” innovatsion o‘quv markazida mental arifmetika o‘qituvchisi sifatida ham faoliyat olib boradi. Ayni paytda uning guruhida 30 nafar o‘quvchi mental arifmetika saboqlarini olmoqda. 2018 yil Toshkent shahrida, 2019 yil Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan respublika birinchiliklarida shogirdlari bilan ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.