Faol va taşabbuskor ayollar eʼtirof etildi
Sirdaryo tumanida jamiyat hayotining turli jabhalarida faollik körsatayotgan, öz bilimi, taşabbuskorligi va mehnatsevarligi bilan eʼtibor qozonayotgan xotin-qizlarni aniqlaş, ularning yutuqlarini keng jamoatçilikka namoyon etiş maqsadida «Yil ayoli» milliy tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari, viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Nargiza Tojiboyeva iştirok etdi. U öz sözida bunday tanlovlar xotin-qizlarning salohiyatini röyobga çiqariş, jamiyatdagi mavqei va faolligini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi. Şuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilib, yuksak natijalarga erişayotgan ayollarning faoliyati eʼtirofga loyiq ekanini qayd etib, iştirokçilarga omad tiladi.

Tanlovda taʼlim, ilm-fan, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, maʼnaviyat-maʼrifat va boşqa yönalişlarda faoliyat yuritayotgan, kasbiy mahorati, jamoatçilik işlaridagi taşabbuslari hamda ibratli hayot yöli bilan ajralib turgan xotin-qizlar öz imkoniyatlarini namoyon etişdi.

Iştirokçilar belgilangan 11 ta nominatsiya böyiça hakamlar hayʼatiga öz faoliyati, amalga oşirgan işlari, erişgan yutuqlari va istiqboldagi rejalari haqida taqdimotlar ötkazdilar. Ularda kasbiy muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda, oila va jamiyat oldidagi masʼuliyat, yoşlar tarbiyasi, mahalla hayotidagi faollik hamda ezgu taşabbuslar ham öz ifodasini topdi.

Taqdimotlar jarayonida xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotiga qöşayotgan hissasi, oila mustahkamligini taʼminlaş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaş va maʼnaviy muhitni yuksaltiriş borasidagi saʼy-harakatlari alohida eʼtirof etildi.

Hakamlar hayʼati xulosasiga köra, Barno Sulaymonova va Zuhra Radjabova «Yilning eng faol olima ayoli», Gulsara Boboxöjayeva «Öz kasbining ustasi bölgan yil ayoli», Umida Hayitboyeva «Yilning eng kuçli maʼnaviy-maʼrifiy tarğibotçisi», Nilufar Pölatova «Yilning eng yaxşi IT-dasturçi ayoli», Mahfuza Narzullayeva va Munavvarxon Öroqboyeva «Yilning eng yaxşi uy bekasi», Robiyaxon Muhiddinova «Yilning eng ilğor tadbirkor ayoli», Muborak Nuraliyeva «Yilning eng jonkuyar ustozi», Feruza Taştayeva «Yilning vatanparvar ayoli», Gulşoda Toşbulova esa «Yilning eng yaxşi ijodkor ayoli» nominatsiyalari ğoliblari deb topildilar.

Tanlov yakunida ğoliblar va iştirokçilar tuman hokimligining taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

Bir söz bilan aytganda, Sirdaryo tumanida ötkazilgan «Yil ayoli» tanlovi turli sohalarda öz örni va söziga ega bölgan xotin-qizlarning taşabbuslari va yutuqlarini eʼtirof etiş maydoni bölibgina qolmay, ularni yangi marralar sari ruhlantiruvçi muhim rağbat vazifasini ötaydi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri