Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Pap Tiav Senegal terma jamoasini 2024-yil oktabridan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Senegal futbol federatsiyasi (FSF) milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlik yakunlanganini rasman e’lon qildi.
Bunday qarorga JCH–2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab bo‘ldi. Senegal 1/8 finalda Sietlda Belgiyaga dramatik tarzda mag‘lub bo‘ldi.
Pap Tiav shogirdlari uchrashuv davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq asosiy vaqt yakunida ustunlikni boy berib, hisobning tenglashishiga yo‘l qo‘ydi. Qo‘shimcha bo‘limning 120+5-daqiqasida esa Belgiya penalti orqali g‘alaba golini urdi.
45 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqarish qarori FSF ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi.
Pap Tiav Senegal terma jamoasini 2024-yil oktabridan buyon boshqarib kelayotgan edi.