Lionel Skaloni: “Bugun avvalgi o‘yinlardagidek o‘ynay olmadik”
Biz penaltilargacha bormasdan g‘alaba qozonishni xohladik.
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH–2026 chorak finalida Shveytsariya ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda qo‘lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasi duch kelgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.
"Nazarimda, biz Kabo-Verde va Misrga qarshi o‘yinlarda yaxshiroq harakat qilgandik. Bugun esa muammolarga duch keldik. Jismoniy holatimiz eng yaxshi darajada emas edi. Turnirning bu bosqichida jismoniy tayyorgarlik hal qiluvchi omillardan biriga aylanadi.
Raqib ko‘plab yakkakurashlarda ustun keldi. Oldingi uchrashuvlarda o‘yinimiz yaxshi edi, ammo bugun ancha qiynaldik. Shveytsariya munosib o‘yin ko‘rsatdi va ularni albatta e’tirof etish kerak. Biz esa ishlashda davom etishimiz lozim.
Biz penaltilargacha bormasdan g‘alaba qozonishni xohladik. Raqib bir futbolchi kam bo‘lib qolgach, uchrashuvni asosiy vaqtda yakunlashga harakat qildik. Ammo Shveytsariya juda yaxshi pressing qildi va bu biz uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirdi.
Endi uchrashuvni qayta ko‘rib chiqaman, vaziyatlarni tahlil qilaman va tegishli xulosalar chiqaraman", — dedi Skaloni.
Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya uchrashuvning 72-daqiqasidan boshlab bir futbolchi kam bo‘lib harakat qildi. Shunga qaramay, Argentina g‘alaba golini faqat qo‘shimcha bo‘limlarda ura oldi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.