Saudiya va xusiylar nizosi avj olmoqda
Yaman xusiylarning aeroportlar va energetika majmualariga hujumi Saudiya Arabistoniga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Saudiya boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Eron tarafdori hisoblangan xusiylarga qarshi muvaffaqiyatli kurasha oladimi?
Germaniyani DW axborot agentligi xabar berishicha, xusiylar so‘nggi 24 soat ichida Dammamdagi aeroport va yana ikki neft korxonasiga zarba bergan. Saudiya energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud sohaga ta’sir etadigan jiddiy oqibatdan ogohlantirib, harbiy harakatlarga qat’iy javob qaytarilishini bildirdi.
AQSHning “American Enterprise Institute” tahlil markazi yozishicha, Ar-Riyod Yamandagi xusiylarning raketa uchirish maydonchalari, omborxonalari va boshqa harbiy infratuzilmasini nishonga olmoqda. Institut hisobotida Saudiya harbiy matbuot kotibi Turki Al-Malikiyning 136 harbiy nishon allaqachon yo‘q qilingani haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
A.Mamatov, O‘zA