Sambochilarimiz jahon chempionatini ilk kunida 7 ta medalli bo‘ldi
Gretsiyaning Saloniki shahrida kadetlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Musobaqaning birinchi kunida o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etib, 2 ta oltin va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Oltin medallarni Abdulloh Rahmonov hamda Shohjahon G‘olibov qo‘lga kiritdi. Bronza medallariga esa Matluba Ataniyozova, Sarvinoz Saliyeva, Davlat Kozimov, Dilmurod Do‘stmurodov va Saddam Qurbonov sazovor bo‘ldi.
Chempionatning keyingi kunlarida kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA