Osiyo o‘yinlarida dzyudochilarimiz yana bir medalni qo‘lga kiritdi
XX Ostyo o‘yinlariga Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlari mezbonlik qilmoqda. O‘yinlarning dzyudo bo‘yicha aralash jamoaviy dasturda terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Aichi-Nagoya-2026” Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi. Aralash jamoaviy dasturda uchinchi o‘rin uchun bahsda hamyurtlarimiz Janubiy Koreya terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Osiyo o‘yinlarining o‘n uchinchi kuni yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 21 ta oltin, 24 ta kumush va 24 ta bronza — jami 69 ta medal mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA