Rossiyaning benzin eksportiga qo‘ygan taqiqi, Braziliyaning migratsiya siyosati va Pokistondagi shahta fojiasi - Xorij xabarlari
Bugungi "Xorij xabarlari" dasturida jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar bilan tanishasiz. Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni yana uzaytirdi, Braziliya esa "tug‘uruq turizmi"ga qarshi kurash doirasida rossiyalik homilador ayollarni mamlakatga kiritishni cheklamoqda.
Shuningdek, Italiya Ispaniya bilan Shengen tartibini vaqtincha to‘xtatish ehtimolini bildirgani va Pokistondagi ko‘mir koni portlashida o‘nlab konchilar halok bo‘lgani haqida ham so‘z boradi.
Bundan tashqari, AQSH va Isroil razvedkasining Eron oliy rahnamosi Mujtabo Homanaiyning qayerdaligini aniqlashga qaratilgan harakatlari hamda Ukrainadagi so‘nggi voqealar haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan. Dunyodagi eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qzbHmvuo18A" title="Rossiyaning benzin eksportiga qo‘ygan taqiqi, Braziliyaning migratsiya siyosati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA