Rossiya - Ukraina nizosi: “Poltava” neft bazasida yirik yong‘in yuz berdi
Joriy yilning 25-iyuniga o‘tar kechasi Rossiyaning Krasnodar hududida joylashgan “Poltava” neft bazasida yirik yong‘in chiqdi. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mazkur hodisa dron bo‘laklarining ob’ekt hududiga qulab tushishi oqibatida kelib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda mamlakat favqulodda vaziyatlar va tezkor qutqaruv xizmatlari voqea joyida alangani bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.

Ushbu hodisa munosabati bilan Poltava qishlog‘ini Trudobelikov hududi bilan bog‘laydigan avtomobil yo‘lida transport harakati vaqtinchalik cheklandi. Mahalliy hukumat haydovchilarni mavjud vaziyatni to‘g‘ri baholashga hamda harakatlanish uchun muqobil yo‘llarni tanlashga chaqirmoqda.
Ta’kidlash joizki, mazkur “Poltava” neft bazasi mintaqaning yonilg‘i ta’minotida muhim strategik ahamiyatga ega. Ushbu majmua Krasnodar hududining bir qismini hamda Adigeya Respublikasini yonilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlab keladi. Korxona hududida taxminan 28 ta yonilg‘i saqlash sig‘imlari mavjud bo‘lib, hozirda ko‘rilgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA