Besh mamlakat razvedka agentligi: Yaqinda kuchli kiber hujumga qodir SI paydo bo‘ladi
Besh ko‘z ma’nosini anglatadigan, “Five Eyes” nomli razvedka alyansi “keng ko‘lamli kiber hujum amalga oshirib, hukumat va korxonalar makonini buzib o‘tish”ga qodir sun’iy intellekt mahsuloti bir necha yil emas, balki yaqin oylarda paydo bo‘lishini ta’kidladi.
AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan iborat guruhning qo‘shma bayonotida hukumat va korxona rahbarlarini “darhol harakat qilish”ga chaqirdi.
– Ilg‘or sun’iy intellekt modeli qobiliyati joriy tarmoq kutganidan yuqori bo‘lishi mumkin. Jarayon muddati yil emas, balki oylar…”, – deyilgan hujjatda.
Ayni ogohlantirish AQSH ma’muriyati “Anthropic” kompaniyasiga xorijiy foydalanuvchilar eng kuchli SI intellekt mahsulotlari hisoblangan “Fable 5” va “Mythos 5” tuzilmalariga kirishni cheklash buyurilgandan keyin paydo bo‘ldi.
Shuningdek, “Anthropic” kompaniyasining ilg‘or SI modeli “Mythos” nazorati ostidagi xavfsizlik sinovi payti bir necha soat ichida mamlakatning eng yuqori darajadagi razvedka agentliklaridan biri sanalgan Milliy xavfsizlik agentligining deyarli barcha maxfiy tizimlarini buzib kirishga muvaffaq bo‘lgani ta’kidlandi.
S.Rahimov, O‘zA