Rodri: “O‘z mamlakating bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritish — futboldagi eng katta yutuq”
Jamoamizdagi bu avlod Inyesta va Kasilyasning Jahon kubogini ko‘targanini ko‘rib ulg‘aydi.
Ispaniya terma jamoasi sardori Rodri mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvda JCH–2026dagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
"Bu eng o‘zgacha sovrin. O‘z mamlakating bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritish — futbolchi bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi voqea. Bu futboldagi eng katta yutuq.
Jamoamizdagi bu avlod Inyesta va Kasilyasning Jahon kubogini ko‘targanini ko‘rib ulg‘aydi. Endi bunga o‘zimiz ham erishdik.
Menimcha, turnirni juda barqaror o‘tkazdik. Shaxsan men uchun eng qiyin uchrashuv final bo‘ldi. Shunga qaramay, Argentinani yaxshi nazorat qila oldik", — dedi Rodri.