FIFA JCH–2026ning eng yaxshi darvozabonlarini aniqladi
Himoyaviy harakatlar bo‘yicha Portugaliya posboni Diogu Koshta eng yuqori natijani qayd etdi.
FIFA statistik ma’lumotlar asosida JCH–2026ning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi. Turnir ishtirokchilari hujumkor, yaratuvchanlik va himoyaviy harakatlar bo‘yicha 0 dan 10 ballgacha baholandi.
Darvozabonlar orasida himoyaviy harakatlar bo‘yicha Portugaliya posboni Diogu Koshta eng yuqori natijani qayd etdi. U beshta uchrashuvda 19 ta seyv amalga oshirib, 8,44 ball oldi.
Qizig‘i, Portugaliya JCH–2026ni nimchorak finaldayoq tark etgan. Jamoa ushbu bosqichda keyinchalik jahon chempioniga aylangan Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
To‘pga egalik qilish va u bilan muomala ko‘rsatkichi bo‘yicha esa Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford eng yaxshi deb topildi.