Roberto Martines Ronalduning holatiga baho berdi
Krishtianu juda yaxshi jismoniy holatda.
Roberto Martines JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Kolumbiya milliy terma jamoasiga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng Krishtianu Ronalduning o‘yiniga izoh berdi.
Murabbiyning ta’kidlashicha, 41 yoshli hujumchi yaxshi jismoniy holatda va jamoa uchun muhim futbolchi bo‘lib qolmoqda.
"Krishtianu jarima maydoni ichida doimiy harakatlanadigan hujumchi. Biz uchun uning harakatlariga qolgan 10 nafar futbolchining o‘yinini moslashtirish va sinxronlashtirish juda muhim. Bu jamoamiz rivojlanishining bir qismidir.
Krishtianu juda yaxshi jismoniy holatda. Biz uning holatini real vaqt rejimida kuzatib boramiz va u o‘zini juda yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Endi tiklanish uchun to‘rt kun vaqtimiz bor va barcha futbolchilarning holatini nazorat qilishda davom etamiz", — dedi Martines.