Klopp: “48 jamoali mundial menga yoqdi, ammo o‘yinlar hali ham ko‘p”
Nemis mutaxassisining ta’kidlashicha, futbolchilar taqvimi hanuz juda tig‘iz, biroq yangi formatdagi mundial o‘ziga xos taassurot qoldirmoqda.
Yurgen Klopp jahon chempionati ishtirokchilari soni 48 taga oshirilgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Nemis mutaxassisining ta’kidlashicha, futbolchilar taqvimi hanuz juda tig‘iz, biroq yangi formatdagi mundial o‘ziga xos taassurot qoldirmoqda.
"Sobiq murabbiy sifatida buni avval ham aytganman va yana takrorlayman: futbolchilar juda ko‘p o‘yin o‘tkazmoqda. Ko‘pchilik turnir atigi bitta o‘yin va bir hafta uzayganini aytadi, ammo vaziyat bundan murakkabroq. Yuqori saviyadagi futbolchilar uchun taqvim haddan tashqari zich.
Lekin hozir bu yerda turib, tribunadagi turli mamlakat muxlislarini, ularning quvonchi va ishtiyoqini ko‘rib, Kyurasao, Kabo-Verde, Gaiti kabi jamoalarning ishtirok etayotganidan xursand bo‘lyapman. Bu juda ajoyib.
Shu sababli murabbiylik faoliyatimni bir chetga surib, turnirdan zavq olishga harakat qilyapman. Bu haqiqatan ham o‘zgacha musobaqa. 48 jamoali jahon chempionati men uchun ideal format emas, ammo qiziq tomoni shundaki, aynan shu turnirda u menga yoqmoqda.
Shunga qaramay, asosiy muammo saqlanib qolmoqda — zamonaviy futbolda o‘yinlar soni hanuz juda ko‘p", — dedi Klopp.