“Real” futbolchilari JCH tarixidagi yangi rekordni o‘rnatdi
. Turnirning eng yaxshi to‘purari esa uning “Real”dagi jamoadoshi Kilian Mbappe bo‘lib, Fransiya terma jamoasi safida 8 ta gol muallifiga aylangan.
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemning JCH–2026 chorak finalida Norvegiyaga qarshi (2:1) urgan goli Madridning “Real” klubi futbolchilari uchun turnirdagi 19-gol bo‘ldi.
“Qirollik klubi” vakillari jahon chempionatlari tarixida bitta turnir davomida eng ko‘p gol urgan klub futbolchilari sifatida rekord o‘rnatdi.
Bellingemning o‘zi ushbu mundialda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Turnirning eng yaxshi to‘purari esa uning “Real”dagi jamoadoshi Kilian Mbappe bo‘lib, Fransiya terma jamoasi safida 8 ta gol muallifiga aylangan.
Shu tariqa, jahon chempionatlari tarixida ilk bor bitta klub futbolchilari bir mundial davomida shuncha ko‘p gol urishga erishdi.