Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Nursulton Nazarboyev mamlakatimiz yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga chin dildan mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik tilaklarini izhor etdi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilgani hamda barcha ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p qirrali hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.