Qozog‘iston xorij fuqarolaridan mamlakatga kirish uchun haq ola boshlaydi
Qozog‘istonga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolari endi mamlakatga kirish uchun elektron sayohat ruxsatnomasi (YeTA) olishi shart. Bu haqda "RIA Novosti" agentligi muxbiriga kirish jarayonini muvofiqlashtiradigan “QazETA – Qozog‘iston elektron sayohat ruxsatnomasi – "Kazakhstan Electronic Travel Authorization" raqamli platformasi operatori ma’lum qilgan.
Xodimning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ruxsatnoma narxi borasida hali bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Faqat shunisi ma’lumki, to‘lov miqdori hamma uchun bir xil. YeTA jarayon hozircha bepul ekanini qo‘shimcha qilgan.
Shuningdek, 1-noyabrdan xalqaro reys yo‘lovchilari uchun ruxsatnoma majburiy bo‘lishi kutilyapti. 15-noyabrdan mamlakatga YeOIIga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolari avtomobil bilan, 30-noyabrdan esa YeOII mamlakatlari chegaralari orqali kiruvchilardan badal talab qilinadi.
S.Rahimov, O‘zA