Ozarbayjonda harbiy ombor portladi
2-sentabrga o‘tar kechasi Ozarbayjonning Goranboy tumanidagi Nizomiy qishlog‘i yaqinida joylashgan o‘q-dori omborida portlash yuz berib, yirik yong‘in kelib chiqdi.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa hamda Ichki ishlar vazirliklari, shuningdek mahalliy hokimiyat idoralari hamkorlikda zudlik bilan zarur xavfsizlik va qutqaruv tadbirlarini amalga oshirdi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida voqea joyi to‘liq nazoratga olindi. Ehtiyotkorlik yuzasidan yaqin atrofdagi aholi manzillarida yashovchi fuqarolar tezkor ravishda xavfsiz hududga ko‘chirildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar, talafot ko‘rganlar yo‘q.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA