Qatarga jahon chempionatidagi ilk ochkoni taqdim etgan Bualem Huxiga juda katta mukofot pullari to'lanadi
Xabarlarga ko‘ra, Qatar termasiga o‘z tarixida jahon chempionatlaridagi ilk ochkoni taqdim etgan ushbu gol uchun himoyachiga o‘ta yirik mukofot topshiriladi.
Qatar terma jamoasi himoyachisi Bualem Huxining Shveytsariya darvozasiga kiritgan javob goli mamlakat futboli tarixidagi eng qimmatli va futbolchining faoliyatidagi eng muhim golga aylangan bo‘lishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Qatar termasiga o‘z tarixida jahon chempionatlaridagi ilk ochkoni taqdim etgan ushbu gol uchun himoyachiga o‘ta yirik mukofot topshiriladi. Xususan, Huxi 3 million AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda eng so‘nggi rusumdagi, qimmatbaho "Rolls-Royce Phantom" avtomobili bilan taqdirlanishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2026 guruh bosqichi start uchrashuvining 90+4-daqiqasida aynan Bualem Huxi muvozanatni tiklab (1:1), jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan va Qatar uchun tarixiy natijani qayd etgan edi.