Portugaliya terma jamoasi JCh-2026'da Diogu Jota xotirasiga maxsus bilaguzuklar bilan to‘p suradi
Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva o‘tgan yilning iyul oyida Ispaniyaning shimoli-g‘arbiy qismida mudhish avtohalokatga uchragan edi. Ular ketayotgan avtomobil trassadan chiqib ketib, yonib ketishi oqibatida aka-uka fojiali halok bo‘lgandi.
Portugaliya Milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vitinya mamlakat bosh vaziri Luish Montenegruning o‘ziga xos va ta’sirli sovg‘asi haqida so‘zlab berdi. Hukumat rahbari JCh-2026 starti oldidan milliy jamoa futbolchilariga o‘tgan yili fojiali tarzda hayotdan ko‘z yumgan hujumchi Diogu Jota nomi tushirilgan maxsus bilaguzuklarni topshirgan.
Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva o‘tgan yilning iyul oyida Ispaniyaning shimoli-g‘arbiy qismida mudhish avtohalokatga uchragan edi. Ular ketayotgan avtomobil trassadan chiqib ketib, yonib ketishi oqibatida aka-uka fojiali halok bo‘lgandi.
"Bosh vazir [Luish Montenegro] bilan uchrashganimizda, u bizga ushbu bilaguzuklarni sovg‘a qildi va ulardan hatto o‘yinlar vaqtida ham foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qildi. Bilaguzuk maydonda taqib yurish uchun qo‘yilgan barcha talablarga to‘liq javob beradi. Unda terma jamoaning barcha futbolchilari ismlari va Diogu Jotaga atalgan maxsus xotira so‘zlari yozilgan. Bosh vazir ularni taqish yoki taqmaslik, umuman qanday usulda foydalanish qarorini bizning ixtiyorimizga qoldirdi. Biz ushbu sovg‘ani juda katta iliqlik bilan qabul qildik va barchamiz ularni taqib yurishga qaror qildik", — deya Vitinyaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "A Bola" nashri.
Portugaliya milliy terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.