Qaşqadaryolik oğir atletikaçi yoşlarning muvaffaqiyati
Poytaxtimizda ötayotgan Prezident olimpiadasi musobaqalarining oğir atletika bahslari şiddati, öziga xos natijalari bilan köpçilikning eʼtiborini tortdi.
Beş kun davomida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yoş oğir atletikaçilar 14 yoşgaça bölganlar orasida mamlakatning yangi rekordlarini qayd etişi bilan birga önlab isteʼdodlarni katta sport maydonga olib çiqdi.

Ğoliblik yölida öz mahorati va salohiyatini namoyon etgan yoş sportçilarning erişgan natijalari holatida Qaşqadaryo viloyati oğir atletikaçilari 6 ta oltin, 10 ta kumuş va 6 ta bronza medali bilan umumjamoada yetakçilikni qölga kiritdi.
Voha terma jamoasiga munosib qarşilik körsatgan Toşkent viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasi jamoalari keyingi poğonalarni band etdi.
Tölqin Röziyev, ÖzA