Prezident olimpiadasi: Şpaga musobaqasida Andijon va Qoraqalpoğiston jamoalari yetakçilikka erişdi
Çirçiq şahridagi Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida Prezident olimpiadasining qiliçbozlik yönalişidagi musobaqalar yakunlandi.
Özbekiston sportining kelajakdagi ulkan muvaffaqiyatlariga munosib poydevor yaratişga qaratilgan Prezident olimpiadasi qiliçbozlik musobaqalarining beş kunlik şiddatli bahslarida hududiy bosqiçlarda ğoliblikka erişgan 14 yoşgaça bölgan iqtidorli sportçilar öz mahoratini namoyiş etişdi.
Keça qiliçbozlikning şpaga yönalişi böyiça öğil bolalar va qizlar örtasida jamoaviy bahslar bölib ötdi.

Mazkur yönalişda 14 ta jamoa iştirok etib, öğil bolalar orasida sovrinli örinlar Andijon, Samarqand, Farğona va Buxoro viloyati vakillariga nasib etdi.
Şpaganing qizlar musobaqasida 12 ta jamoa kuç sinaşgan bölsa, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Navoiy va Toşkent viloyati vakillari yetakçilikni qölga kiritdi.

Yoş isteʼdodlarni kaşf etiş, milliy terma jamoalar uçun munosib zaxirani şakllantirişga qaratilgan Prezident olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda.
T. Röziyev, ÖzA