Putin Zelenskiy bilan uchrashadimi?
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zaro inqirozni hal qilish yo‘llarini o‘rganmasdan turib, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishdan ma’no yo‘qligini aytdi. Shu mazmundagi bayonot Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida Zelenskiyning ochiq xatiga izoh tariqasida yangradi.
Putin bunday uchrashuv imkoniyati hech qachon rad etilmagani, faqat muloqot aniq natijaga olib kelishi zarurligini ta’kidladi.
Rossiya rahbari oliy darajada muzokara o‘tkazishdan oldin vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq asosiy masalaga ehtimoliy yechim topish kerakligi, shuningdek Kiyev Rossiya qo‘shini oldinga siljishini to‘xtatish uchun rahbarlar o‘rtasidagi uchrashuvdan manfaatdorligini ham qo‘shimcha qildi.
G.Sattorova, O‘zA