Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda
Davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga mazkur forumga taklif etgani va samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasanni, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rinbosari Xan Chjenni qutladi.
–O‘zining o‘ttiz yillik faoliyati davomida jahon miqyosidagi eng muhim masalalar yuzasidan fikr almashish bo‘yicha nufuzli va zarur muloqot maydonlaridan biriga aylangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish men uchun katta sharafdir.
O‘zbekiston bilan tarix, ma’naviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali bog‘langan Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg shahrida bugun yana bir bor bo‘lib turganimdan g‘oyat xursandman.
Urushning og‘ir yillarida ko‘plab o‘zbekistonliklar Leningrad mudofaasida qatnashgan, Toshkent esa bir yarim million nafardan ortiq evakuatsiya qilingan bolalar, ayollar va keksalarga boshpana bergan edi. Bu haqdagi xotira umumiy ma’naviy makonimizning bir qismi bo‘lib qolmoqda, – dedi Prezidentimiz.
O‘zA