«Prezident olimpiadasi» doirasida o‘tayotgan gandbol musobaqalarida finalchilar aniqlandi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi majmuasida gandbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida “Prezident olimpiadasi”ning saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchi jamoalar A, V, S va D guruhlarga bo‘lingan holda guruh bosqichlarida keskin va murosasiz bahs olib bordi.
[gallery-30278]
Saralash musobaqalarining so‘nggi kunida 7 ta o‘yin o‘tkazildi va final ishtirokchilar ma’lum bo‘ldi.
Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Xorazm, Andijon, Jizzax va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari navbatdagi bosqichda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA