Popda 16 ta nasos stansiyasini quriş va rekonstruksiya qiliş rejalaştirilmoqda
Namangan viloyati Pop tumanida qişloq xöjaligi yerlarining suv taʼminotini yaxşilaş, suğoriş tizimini modernizatsiya qiliş va suv resurslaridan samarali foydalanişga qaratilgan yangi loyihani amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida xitoylik mutaxassislar iştirokida tumandagi 16 ta nasos stansiyasini quriş va rekonstruksiya qiliş közda tutilgan. Xususan, 8 ta nasos stansiyasi yangidan barpo etilib, mavjud 8 tasi rekonstruksiya qilinadi.
Şu munosabat bilan tuman hokimi Ğ. Murodxöjayev, viloyat hokimi örinbosari A. Abdusalomov hamda soha masʼullari Xitoy quriliş kompaniyasi vakillari bilan uçraşdi.
Muloqot davomida loyihani amalga oşiriş, quriliş va rekonstruksiya işlarini taşkil etiş hamda özaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Loyihaning röyobga çiqarilişi natijasida qişloq xöjaligi yerlariga suv yetkazib beriş imkoniyatlari kengayişi, suğoriş tizimi faoliyati yaxşilanişi va suv taʼminoti samaradorligi oşişi kutilmoqda.
[gallery-32331]
Bu esa hududda dehqon va fermer xöjaliklarining suvga bölgan ehtiyojini qondiriş, ekin maydonlarini barqaror suv bilan taʼminlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA