Polvonlarimiz jahon chempionatida medallarni ko‘zlamoqda
Boku shahrida (Ozarbayjon) davom etayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionati bugun o‘z yakuniga yetadi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar erkin kurashchisi tasalli bellashuvlarida gilamga chiqib, bronza medali uchun bahslashish huquqini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
45 kilogramm vazn toifasida Muhammad Rahimjonov qirg‘izistonlik Abdunazar Baatirkanovga qarshi bahs olib boradi. 60 kilogramm vaznda Bekzodbek Ibrohimovning raqibi polshalik Vitold Pavlik bo‘ladi. 71 kilogramm toifasida esa Jaloliddin Jalolov AQSH vakili Kemrin Jon Hovard bilan kuch sinashadi.
O‘zbekistonlik yosh polvonlar uchun bu bahslar nafaqat musobaqani davom ettirish, balki jahon chempionati shohsupasiga chiqish sari muhim qadam hisoblanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA