Polvonlar Osiyo kubogi bellashuvlariga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida 22–25-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamkorligida kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘tkaziladi.
[gallery-29369]
Hozirda ushbu nufuzli musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Musobaqa oldidan Qoraqalpog‘iston terma jamoasi tarkibiga kuchli va mahoratli polvonlarni saralab olish maqsadida Qoraqalpog‘iston kurash federatsiyasi tomonidan bellashuvlar tashkil etildi. Unda shahar va tumanlardan saralangan 40 dan ortiq ishtirokchi o‘zaro kuch sinashdi. G‘olib polvonlar terma jamoa tarkibiga qabul qilindi.
Kurashchilar Osiyo kubogi musobaqalarida munosib ishtirok etish uchun tayyorgarlik mashg‘ulotlarini faol olib bormoqda
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA