Pekin, Dubay va Riyod tajribasi Toşkentda: xalqaro hamkorlik doirasida yangi loyihalar
Toşkent şahar hokimligida poytaxt hokimi Şavkat Umurzoqov hamda AQŞning McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi global boşqaruvçi hamkori Bob Sternfels boşçiligidagi delegatsiya örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Muzokaralar davomida tomonlar “Toşkent-2030” rivojlaniş dasturi böyiça yagona yondaşuvni şakllantiriş, şahar boşqaruvi tizimini takomillaştiriş va strategik taşabbuslarni amalga oşiriş samaradorligini oşiriş masalalarini muhokama qildi. Bunda strategik qarorlarni aniq loyihalarga qanday tatbiq etiş va ularning natijalarini baholaşga alohida eʼtibor qaratildi.

Uçraşuv iştirokçilari Pekin, Ar-Riyod, Dubay va Moskva kabi yirik megapolislarning rivojlaniş tajribasini ham körib çiqib, uşbu amaliyotdagi qaysi boşqaruv yondaşuvlarini Toşkentda qöllaş mumkinligini muhokama qildi.
Tadbirda qayd etilganidek, rejadagi hamkorlik doirasida şahar xizmatlari xodimlarini öqitiş jarayoniga McKinsey & Company mutaxassislarini jalb etiş közda tutilmoqda.
McKinsey & Company — strategik va boşqaruv konsaltingi sohasidagi xalqaro kompaniya bölib, 1926-yilda AQŞda taşkil etilgan. Kompaniya davlat tuzilmalari, xalqaro korporatsiyalar va moliya institutlariga uzoq muddatli strategiyalarni işlab çiqiş, boşqaruvni takomillaştiriş, raqamli transformatsiya, sunʼiy intellektni joriy etiş, operatsion samaradorlikni oşiriş va kadrlarni rivojlantiriş masalalarida maslahat berib keladi.

Uçraşuv yakunida tomonlar kadrlarni, jumladan, boşqaruv kadrlarini öqitiş, tayyorlaş va malakasini oşiriş sohasidagi hamkorlik masalalarini işlab çiqişga kelişib oldi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA