Sud qarori ijrosi: qarzdorlarning avtomobili xatlandi
Qarzni öz vaqtida qaytarmaslik nafaqat sud jarayonlariga, balki majburiy ijro çoralariga ham sabab böladi. Toşkent şahrida qarzdorlikni undiriş maqsadida olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegişli «Mercedes-Benz Vito» rusumli avtotransport vositasi xatlandi.
Toşkent şahri tumanlarining birida yaşovçi fuqarolar O.X. va V.T 393 million 407 ming söm miqdorda qarzni olişadi, lekin qarz vaqtida qaytarilmagaç, ular qarz olgan MÇJ sudga murojat qiladi.
Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudi uşbu qarzni qaytariş buyiça qaror çiqaradi. Mazkur sud ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqarolar O.X. va V.T.lar tomonida undiruvçi MÇJ foydasiga jami 393 million 407 ming söm undiriş belgilanadi. Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Sergeli tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgaç qarzni undiriş böyiça ijro harakatlari olib boriladi.
Dastlab qarzdorlar ixtiyoriy muddat suraşadi, ammo ular belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik tölanmagani sababli Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegişli bölgan, «Mercedes-Benz Vito» rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonçasiga joylaştirildi.
Ayni paytda qarzdorlikni undiriş maqsadida mazkur avtotransport vositasini elektron onlayn-auksion orqali belgilangan tartibda sotuvga çiqariş çoralari körilmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA