Paxtani qabul qiliş va qayta işlaş zavodi foydalanişga topşirildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida “Ellikqalʼa oltin tolasi klaster” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan paxtani qabul qiliş va qayta işlaş zavodi foydalanişga topşirildi.
Tadbirda tuman hokimligi, qişloq xöjaligi sohasi mutasaddilari hamda nuroniylar iştirok etdi
Qayd etilganidek, umumiy qiymati 20 milliard sömni taşkil etuvçi mazkur loyiha hududda sanoatni rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun “Agrobank” tomonidan 7 milliard söm imtiyozli kredit mablaği ajratildi.

Yillik 30 ming tonna paxtani qayta işlaş quvvatiga ega bölgan mazkur zavod tumanda yetiştirilayotgan paxta xomaşyosini öz vaqtida qabul qiliş, qayta işlaş va uning qöşimça qiymatini oşirişga xizmat qiladi. Loyihaning yana bir muhim jihati, korxona faoliyatini yölga qöyiş natijasida 110 ta yangi doimiy iş örni yaratildi. Bu esa aholi bandligini taʼminlaş va oilalar daromadini oşirişga munosib hissa qöşadi.

Zavodning işga tuşirilişi tumanda sanoat tarmoğini rivojlantiriş, mahalliy xomaşyoni hududning özida qayta işlaş, işlab çiqariş zanjirini kengaytiriş hamda iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalaniş yölidagi muhim qadamdir.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri