Fitch Ratings Özbekiston bank tizimidagi islohotlarni qayd etdi
Xalqaro “Fitch Ratings” reyting agentligi Özbekiston bank tizimida sönggi ikki yilda amalga oşirilgan islohotlar sohaning örta muddatli istiqbolini yaxşilaganini maʼlum qildi.
Agentlik taqdim etgan tahlilda bank nazoratini takomillaştiriş, davlat banklarini xususiylaştiriş va moliyaviy barqarorlikni oşiriş borasidagi özgarişlarga baho berilgan.
Mutaxassislar bank tizimining faoliyat muhiti böyiça bahosini “b” darajadan “b+” darajaga kötargan. Bunda, ayniqsa, bank nazorati sohasidagi islohotlar muhim omil bölgan.
Tahlilda davlat banklarini xususiylaştiriş islohotlarning asosiy yönalişlaridan biri ekani taʼkidlangan. “Özbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 2030-yil oxiriga qadar beşta bankni xususiylaştiriş közda tutilgan bölib, bu jarayonni 2027-yildan boşlaş rejalaştirilgan.
Agentlik depozitlar hajmining ösişi banklarning moliyalaştiriş imkoniyatlarini yaxşilayotganiga ham eʼtibor qaratgan. Xususan, 2026-yilning birinçi yarmida depozitlar yillik hisobda 27 foizga köpaygan. Natijada kreditlarning depozitlarga nisbati 2021-yil oxiridagi 209 foizdan 2026-yil birinçi yarmi yakunida 136 foizgaça tuşgan.
Materialda 2026-yil yanvar oyida joriy etilgan kapital talablari hamda likvidlik meʼyorlarining Bazel III standartlariga yaqinlaştirilişi bank tizimi barqarorligini oşirişi qayd etilgan. Şuningdek, 2026-yil iyun oyidan kuçga kirgan islomiy bank faoliyati töğrisidagi qonun uşbu segmentning bosqiçma-bosqiç rivojlanişiga turtki berişi kutilmoqda.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA