Paxtakorda xotin-qizlar uchun psixologik seminar o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi Suvonobod mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar uchun “Baxtli ayol — baxtli oila” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Sohiba Usmonova hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. Unda mahallada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularga psixologik ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
[gallery-31053]
Seminar-trening davomida oilada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, ruhiy zo‘riqish va stress holatlarini boshqarish, muloqot madaniyatini rivojlantirish, o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan manzilli ijtimoiy xizmatlar, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali taqdim etiladigan yordam turlari va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot va interaktiv shaklda o‘tkazilgan treningda turli psixologik mashqlar bajarildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Jamshid YORBEKOV(surat),O‘zA