Para taekvondochilarimizning navbatdagi muvaffaqiyatlari
Dunyoning 20 ta davlatidan 75 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etib, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, musobaqada Qudratillo Sunnatov (-70 kg), Umarjon Mo‘ydinov (+80 kg), Umida Mamarajabova (-52 kg), Karomat Qosimova (-65 kg), Zulfiya Bikbulatova (+65 kg) barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda muvaffaqiyatga erishgan Muhammadsodiq Usmonov (-58 kg), Qudrat Haydarov (-63 kg), Madina Musinova (-47 kg), Karima Meliqo‘ziyeva (-57 kg) kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Otabek Amatov (-80 kg), Kamola Rasulova (-57 kg) bronza medal bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, V Para Osiyo o‘yinlari 2026-yilning 18–24-oktabr kunlari Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Osiyoning 45 ta davlatidan sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Dasturdan 18 ta sport turi bo‘yicha 19 ta yo‘nalishdagi 502 ta medal jamlanmasi o‘rin olgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA