O‘zbekistonlik sport mutaxassisi xalqaro e’tirofga erishdi
Milliy olimpiya qo‘mitalari, xalqaro va milliy sport federatsiyalari, shuningdek, olimpiya harakati mutaxassislari uchun mo‘ljallangan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Olympic Solidarity” dasturida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov muvaffaqiyatga erishdi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tizimidagi MEMOS (Executive Masters in Sport Organisations Management) xalqaro ta’lim yo‘nalishining 4 ta modulini qamrab olgan mazkur tizimda ko‘plab davlatlarning, xalqaro sport tashkilotlari hamda olimpiya harakatlarining yetuk mutaxassislari ishtirok etgan bo‘lib, ularning ayrimlarigina ushbu dasturda muvaffaqiyatga erishgan.

O‘zbekistonlik sport mutaxassislari orasida ilk bor O.Qosimovning ushbu dasturda muvaffaqiyat qozongani xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan e’tirofli holat sifatida talqin etildi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur dastur asosida Oybek Qosimov sport tashkiloti faoliyatidagi dolzarb boshqaruv muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot loyihasi tayyorladi. Loyiha xalqaro ekspertlar komissiyasi oldida taqdim etilishi ortidan hamyurtimiz O.Qosimovga Ottava universitetining maxsus sertifikati topshirildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA