O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Xitoyning Shansi muzofoti tijorat departamenti rahbari Van Xunszin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida sheriklikni yanada rivojlantirish, jumladan hududlararo aloqalarni chuqurlashtirish masalasi ko‘tarildi.

Mehmonlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari, suv tejovchi zamonaviy vositalar, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida texnologiya sherikligi ko‘lamini kengaytirishga tayyorliklarini bildirdilar.
Tomonlar yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqish hamda joriy yil 20-22-may kunlari Shansi muzofoti Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan uchinchi O‘zbekiston – Xitoy hududlararo forumida nufuzli tadbirkorlar delegatsiyalari ishtirokini ta’minlashga kelishib oldilar. Mazkur anjuman hududlar o‘rtasidagi bevosita aloqalarni yanada mustahkamlash, yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun qulay maydon bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

G.Sattorova, O‘zA