Neft-gaz tarmog‘ida innovatsion hamkorlikka yo‘l ochilmoqda
Ma’lumki, neft-gaz va gaz-kimyo sanoati jahon iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega. Ushbu sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish tufayli yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlari tobora ortib bormoqda.
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasining sho‘’ba korxonasi - “Kunlun Digital Technology” kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatimizda neft-gaz va kimyo sanoatida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Tashrif doirasida delegatsiya “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda rahbariyat bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur tashrif natijalari kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or raqamli yechimlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga keng yo‘l ochadi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA