O‘zbekiston va Xorvatiya hamkorligi, daxlsizlik huquqining mustahkamlanishi, Farg‘onada gaz o‘g‘riligi va FIDE reytingi – Qisqa xabarlar (+video)
Bugungi dasturimizda Parijda O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha hamkorlik muloqoti bo‘lib o‘tgani, Senat daxlsizlik maqomiga ega shaxslarni asossiz ta’qibdan himoya qiluvchi qonunni ma’qullagani hamda Farg‘onaning Uchko‘prik tumanidagi gaz shoxobchasida 9,1 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida robotlashtirilgan jarrohlik tizimi yo‘lga qo‘yilayotgani, FIDE reytingida Nodirbek Abdusattorov TOP-5 talikka kirgani hamda Osiyo o‘yinlarining tayekvondo WT bahslarida Jasurbek Jiysunov oltin medalni qo‘lga kiritgani o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqubjon Meliboyev, O‘zA