O‘zbekiston va Saudiya narkojinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari Farhod Hasanov boshchiligidagi delegatsiya BMTning Uyushgan jinoyatchilik va odil sudlov bo‘yicha komissiyasi 35-sessiyasida ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xalqaro tashkilotlar, xorijiy hamkor davlatlar bilan transmilliy narkojinoyatlarga va o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga qaratilgan qator muzokaralar olib borildi.

Xususan, Saudiya Arabistoni Qirolligi delegatsiyasi bilan ilk marotaba giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.
Unda narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida ikki tomonlama hukumatlararo bitim tuzish, ma’lumot va tajriba almashish, yangi loyihalar ishlab chiqish, shuningdek, soha xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari, treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova, O‘zA