Giyohvandlikka qarshi kurashning dolzarb masalalari muhokama etildi
Termiz davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish: profilaktika, ta’lim va ijtimoiy himoya mexanizmlari” mavzuiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Taniqli olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etgan tadbir Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov keyingi yillarda mamlakatimizda har taraflama sog‘lom, ma’nan yetuk yoshlarni tarbiyalash va zararli illatlarga qarshi kurash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.


Yalpi majlisda TerDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Shofiyevning “Talaba-yoshlarda antinarkotik ma’naviy-psixologik immunitetni shakllantirishning tarbiyaviy va raqamli profilaktika mexanizmlari”, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti falsafa kafedrasi mudiri M. Xajiyevaning “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari: xalqaro tajribalar”, TerDU ijtimoiy fanlar fakulteti dekani N. Achilovning “Sintetik giyohvandlikka qarshi kurashda ijtimoiy institutlarning multidissiplinar hamkorligi” mavzuidagi va soha mutaxassislarining ham ma’ruzalari tinglandi. Yoshlarda antinarkotik immunitetni shakllantirish, giyohvandlik va narkotahdidlarning oldini olish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli makondagi xavflarga qarshi kurash masalalari xususida fikr almashdi.


Tadbir ishtirokchilari to‘rtta sho‘’ba yig‘ilishida ilmiy ma’ruzalarni tinglab, atroflicha muhokama etdi. Yoshlarni zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikka qarshi kurash yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri